Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"Barselona"ning sobiq futbolchisi: "Agar biz 4:0 hisobida g‘alaba qozonsak va u gol ura olmasa, Messi norozi bo‘lardi"

"Barselona"ning sobiq futbolchisi: "Agar biz 4:0 hisobida g‘alaba qozonsak va u gol ura olmasa, Messi norozi bo‘lardi"

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Samuel Yumtiti Lionel Messining mentaliteti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Messi o‘yin taqdirini hal qila oladi va bunday iqtidor egalari juda kam. Agar biz 4:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan bo‘lsak-u, u gol urmagan bo‘lsa, undan norozi bo‘lardi. Uning fikri-xayolida doim gol urish kerak degan tushuncha bor edi. Bu buyuklik belgisidir. U darvoza oldida haqiqiy "qotil". U o‘yinni qachon tezlashtirish va qachon sekinlashtirish kerakligini aniq biladi. U doimo atrofga qarab, futbolchilarning joylashuvini baholab yuradi. Leoga qarshi himoyalanishning tayyor resepti yo‘q, u — oldindan aytib bo‘lmas futbolchi", — dedi Yumtiti "The Elevate House" nashriga.

Lionel Messi hozirda "Inter Mayami" safida to‘p surmoqda. Argentinalik yulduz faoliyati davomida sakkiz marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 16:43, 11.02.2026.
O'qildi: 1152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик