Kirish Ro'yxatdan o'tish

Boks. Uordli va Dyubua jang haqida kelishib olishdi

Boks. Uordli va Dyubua jang haqida kelishib olishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Nufuzli "The Ring" boks nashrining xabar berishicha, og‘ir vazn toifasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Fabio Uordlining jamoasi Daniel Dyubuaga qarshi jang borasida kelishuvga erishdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bahs 9 may kuni Manchesterda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tishi kerak. Ushbu jangda Uordli o‘z titulini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Fabio 2025 yilda ukrainalik Aleksandr Usik majburiy himoya jangini o‘tkazmaslik uchun o‘z kamaridan voz kechishga qaror qilganidan so‘ng chempionga aylangan edi. Jozef Parker ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin britaniyalik bokschi ushbu kamarni rasman meros qilib oldi.

Dyubua o‘zining so‘nggi jangini 2025 yilning iyul oyida aynan Usikka qarshi o‘tkazgan va beshinchi raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 17:06, 11.02.2026.
O'qildi: 377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.