Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Germaniyalik himoyachi «Real»ni rad etishi mumkin

Germaniyalik himoyachi «Real»ni rad etishi mumkin

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, agar Shlotterbek yangi bitimga imzo cheksa, uning yillik maoshi taxminan 14 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, shartnomaga 50-60 million yevro miqdorida tovon puli haqidagi band ham kiritiladi.

Hozirgi vaqtda 26 yoshli futbolchining oldida ikkita asosiy yo‘l bor: «Borussiya» bilan hamkorlikni davom ettirish yoki yozda Madridning «Real» klubiga o‘tish. Shlotterbek o‘z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni mart oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida qabul qilishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:44, 12.02.2026.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик