Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa

UEFA prezidenti Rossiya masalasiga to‘xtaldi

UEFA prezidenti Rossiya masalasiga to‘xtaldi

Baho:
+ | -

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin UEFA Kongressidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning bu boradagi pozisiyasida hozircha hech qanday o‘zgarish yo‘q.

«UEFAning pozisiyasi bir necha bor bayon etilgan va u o‘zgarmagan. Biz vaziyatni kuzatib boryapmiz va voqealar rivojini ko‘ramiz», — dedi Cheferin. Shuningdek, u FIFA prezidenti Janni Infantinoning Rossiya bo‘yicha aytgan gaplariga izoh berishni istamasligini, biroq UEFAning qarashi avvalgidek qolishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya futboliga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar qariyb to‘rt yildan beri amal qilmoqda. Yaqinda FIFA rahbari Janni Infantino «Sky News» telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaga qo‘yilgan taqiq hech qanday natija bermaganini va uni kamida yoshlar darajasida bekor qilish kerakligini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Ayni paytda Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bilan cheklanmoqda.

Kiritildi: 18:36, 12.02.2026.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик