«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola falastinlik futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab, o‘z ehtiromini ko‘rsatdi.
"Pep Gvardiola yaqinda o‘zining Falastin masalasidagi qo‘llab-quvvatlovi uchun tashakkur bildirgan G‘azoning «Al-Iroda» — amputant futbolchilardan iborat jamoasi uchun Falastin terma jamoasining ushbu barcha liboslariga dastxat qo‘yib berdi. Maqsadli futbol", — deb yozdi jurnalist Leyla Ahmed ispaniyalik murabbiy va o‘sha liboslar aks etgan fotosuratlarni joylashtirib.














