Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone Alvaresning "Barsa"ga qarshi o‘yinini baholadi

Simeone Alvaresning "Barsa"ga qarshi o‘yinini baholadi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Madridning «Atletiko» klubi ustozi Diyego Simeone «Barselona»ga qarshi o‘yindagi (4:0) hujumchi Xulian Alvaresning harakatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

26 yoshli forvard Ispaniya Kubogining dastlabki yarim final bahsi qahramonlaridan biriga aylandi: u 33-daqiqada Ademola Lukmanga golli uzatma yetkazib berdi, tanaffus oldidan esa o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Argentinalik uchun bu gol so‘nggi ikki oydan ko‘proq vaqt ichidagi birinchisi bo‘ldi — u bundan oldingi 11 ta uchrashuvda biror marta ham raqib darvozasini ishg‘ol eta olmagan edi.

"Alvaresning Lukmanga bergan golli uzatmasi fantastik chiqdi. Xulian gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi va men uning nihoyat (gollarga) qaytganidan xursandman. Ishonchim komil, bundan keyin unga gol urish ancha osonlashadi", — dedi Simeone o‘z intervyusida.

Yakshanba kuni «matraschilar» La Liga doirasida «Rayo Valyekano»ga qarshi maydonga tushishadi. «Barselona» bilan javob o‘yini esa 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:20, 13.02.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.