«Nottingem Forest» sobiq bosh murabbiyi Shon Daych jamoadan bo‘shatilishidan oldin futbolchilarning ishonchini yo‘qotgan edi. Bu haqdagi ma’lumot bilan «Daily Mail Sport» o‘rtoqlashmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Daych «o‘rmonchilar» bosh murabbiyligiga ilk bor tayinlanganida, futbolchilar o‘yinning oddiy uslubida o‘zlarini qulay his qilishgan. Biroq natijalar yomonlashib borishi bilan murabbiyda yangi g‘oyalar borligiga shubhalar tug‘ila boshlagan.
Daych asosiy urg‘uni o‘yin jihatlariga emas, balki yugurish mashqlari va umuman jismoniy tayyorgarlikka qaratgan. Daych «Nottingem Forest»ni 2025 yilning oktyabridan joriy yilning fevraligacha boshqardi. Hozirda «o‘rmonchilar» 27 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.













