"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Igor Tudor Londonning "Tottenxem" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Fabrisio Romanoning xabar berishicha, kelishuv faqat 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan, shundan so‘ng klub boshqa nomzodni tasdiqlaydi.
Avvalroq "shporlar" Tomas Frankning bosh murabbiylik lavozimidan iste’foga chiqarilganini e’lon qilgan edi. "Tottenxem" APLda 26 turdan keyin 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
Shu bilan birga, jamoa Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi, biroq londonliklar bu muvaffaqiyatga Ange Postekoglu bilan erishishgan edi. Frank esa "Tottenxem"ni 2025 yilning yozida qabul qilib olgandi.
Klub hozircha Tudorning tayinlanganini rasman e’lon qilmadi.













