Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Aston Villa" UEFAning moliyaviy qoidalarini buzgani uchun jazolanishi mumkin

"Aston Villa" UEFAning moliyaviy qoidalarini buzgani uchun jazolanishi mumkin

Baho:
+ | -

"Aston Villa" UEFAning moliyaviy qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilishi mumkin, deb yozadi "The Times" nashri.

Taxmin qilinishicha, klub ketma-ket ikkinchi yil UEFAning tarkib uchun xarajatlar borasidagi qoidasini buzgan. Ushbu qoidaga ko‘ra, agar klubning o‘yinchilar maoshi, transferlar va agentlar uchun sarflagan xarajatlari uning daromadidan 70 foizdan oshib ketsa, jarima belgilanadi.

2025 yilning iyul oyida Birmingem klubi tarkib uchun xarajatlar limitini (o‘sha paytda daromadning 80 foizi etib belgilangan edi) oshirib yuborgani uchun 6 million yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumdan boshlab ushbu limit 70 foizgacha tushirildi.

"Aston Villa"ning joriy mavsumdagi daromadlari o‘tgan yilgiga nisbatan yevrokuboklardagi ishtirok tufayli kamaygan: bu mavsumda klub Yevropa Ligasida o‘ynamoqda, o‘tgan mavsumda esa mukofot pullari ancha yuqori bo‘lgan Chempionlar Ligasida ishtirok etgan edi.

Shu bilan birga, "Aston Villa" UEFA bilan tuzilgan klub daromadlariga oid boshqa kelishuvni buzmagani qayd etilgan.

Kiritildi: 18:07, 14.02.2026.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик