Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Sanjar Shoahmedov: «Futbolga befarq bo‘lmagan bekobodlik muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman»

Sanjar Shoahmedov: «Futbolga befarq bo‘lmagan bekobodlik muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman»

Baho:
+ | -

Pro-ligada ishtirok etishi kutilayotgan «Metallurg» o‘z tarkibiga qator tajribali futbolchilarni jalb etdi.

Shunday futbolchilardan biri o‘zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Sanjar Shoahmedov hisoblanadi.

Yangi mavsumga tayyorgarlik davom etayotgan bir pallada Sanjar Shoahmedovni suhbatga chorladik.

— Faoliyatingizda tanaffus yuzaga keldi va mana endi siz «Metallurg»dasiz. Bunga nima sabab bo‘ldi?
— Bunday gaplarni endi sizdan eshitmoqdaman. Lekin faoliyatimni tugatmagan edim. Shunchaki biroz dam oldim. «Metallurg»dan taklif bo‘ldi. Jamoaning rejalari, o‘z oldiga yuqori maqsad qo‘yganini bilib, jamoa safiga kelib qo‘shildim. Futbolga befarq bo‘lmagan bekobodlik muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonaman.

— O‘tgan yili «Xorazm»da bir davra o‘ynadingiz. Mana shu davr haqida nima deya olasiz?
— Xorazmga yaxshi niyatda borgandik. Imkoniyat berilgan o‘yinlarda haminqadar o‘ynadim. G‘alabalarga hissa qo‘shishga harakat qildim. Qolganiga muxlislar baho bergani to‘g‘riroq bo‘ladi.

— «Metallurg»da shakllanayotgan tarkib borasida nima deya olasiz?
— Jamoa o‘z oldiga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan. Shunga mos ravishda tarkib tajribali futbolchilar atrofida qurilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, safimizda iqtidorli yoshlar ham bor. Mashg‘ulotlarda, o‘rtoqlik uchrashuvlarida ulardan ba’zilari o‘zini ko‘rsatishga ham muvaffaq bo‘lyapti. Biz esa ularga tajribamizdan kelib chiqib, maslahatlar berishimiz, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishimiz kerak.

— Bundan bir necha yil avval «Lokomotiv» klubidagi debyut mavsumingizda 12 ta gol ura olgansiz. Yangi mavsumda sizdan nechta gol kutsak bo‘ladi?
— Yodimda. Gollarimning aksariyatini Jasur Hasanov uzatmasidan urgandim. O‘shanda umumiy jamoa katta ko‘lamdagi ishni amalga oshirgan edi. Avvaldan qandaydir aniq sonni aytmaganim ma’qul. Bo‘lajak mavsumda ham «Metallurg» g‘alabalariga samarali harakatlarim bilan hissa qo‘shishga astoydil harakat qilaman.

«Metallurg» klubi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 10:30, 16.02.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик