Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Mateus Kunya portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimning klub boshqaruvidagi muvaffaqiyatsizligi sabablarini ma’lum qildi. Uning fikricha, katta bosim va zudlik bilan natijalarga erishish zarurati ta’sir ko‘rsatdi.
"Bosim - Amorimaning futbol g‘oyalarini rivojlantirishiga to‘sqinlik qilgan haqiqiy sabab. Undan zudlik bilan natijalar talab qilishdi", - deya Mateus Kunyaning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Ayni damda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub oxirgi marta 2013 yilda chempion bo‘lgan.













