Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Akbar Xudoyberdiyev – «Dinamo» futbolchisi

Akbar Xudoyberdiyev – «Dinamo» futbolchisi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi mavsum oldidan tajribali o‘yinchilar bilan birga yosh iqtidorlar bilan ham safini kuchaytirdi.

Mavsum oldidan «Dinamo» ko‘rigida bo‘lgan iqtidorli yoshlardan biri Akbar Xudoyberdiyev yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi. 19 yoshli yarimhimoyachi Dubaydagi yig‘inlarda o‘z harakatlari bilan umidli o‘yinchi ekanini ko‘rsatdi. 2006 yilda tug‘ilgan yarimhimoyachi mavsum uchun qaydnomaga limitdan tashqari o‘tkazilgandi.

«Chig‘atoy» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalmish Akbar o‘tgan mavsum «Zamin» safida Zayniddin Tojiyev qo‘l ostida Birinchi ligada muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Ishonamizki, u «Dinamo»dagi o‘yinlari orqali barchaning ishonchini oqlab, muxlislar mehrini qozonadi.

Akbar Xudoyberdiyev
27 noyabr, 2006 yil.
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani.
Chig‘atoy futbol maktabi tabriyalanuvchisi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:53, 20.02.2026.
O'qildi: 855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик