Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Vadim Abramov: «Hisobga qaramaymiz, asosiysi barchaga o‘yin amaliyoti berdik»

Vadim Abramov: «Hisobga qaramaymiz, asosiysi barchaga o‘yin amaliyoti berdik»

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi Dubaydagi ikkinchi yig‘ini doirasidagi so‘nggi 5-uchrashuvini Qozog‘istonning «Elimay» klubiga qarshi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. O‘yindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga so‘nggi tayyorgarliklar haqida ma’lumot berdi.

«O‘yin yomon o‘tmadi. Umuman olganda yig‘in yakunida odatda futbolchilarning to‘pdan to‘yib qolgani ko‘rinib qoladi. Birinchi bo‘lim uncha chiqmadi, ikkinchi bo‘limda esa qiziqarli kurash kechdi. Raqib yomon jamoa emas, bu ko‘rinib turibdi. Odatdagidek, hisobga qaramaymiz, asosiysi barchaga o‘yin amaliyotini berdik. Hozir muhimi shu.

Ha, deyarli bir haftadan keyin chempionat boshlanadi. Ertaga Toshkentga qaytamiz va ikki kun dam beramiz. Futbolchilar uzoq vaqt safarda bo‘lishdi, oilalari bilan birga bo‘lishsin. 23 fevraldan esa Samarqandda yig‘ilamiz va 28 fevral kungi o‘yinga tayyorlanamiz.

Sanchesning birinchi o‘yini haqida? Bu hali birinchi o‘yin, moslashish jarayoniga vaqt talab etiladi. Yangi o‘yinchilar moslashishi uchun biroz vaqt kerak. U birinchi bahs uchun normal o‘ynadi, - dedi Vadim Karlenovich «Elimay»ga qarshi bahsdan (2:2) keyin.

Shu tariqa, «Dinamo» jamoasi Dubaydagi ikkinchi yig‘inni (6-20 fevral) yakunlab juma kuni O‘zbekistonga qaytadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:54, 20.02.2026.
O'qildi: 206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.