Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Respublika futbol akademiyasi Liga qatnashchilari safiga qabul qilindi

Respublika futbol akademiyasi Liga qatnashchilari safiga qabul qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi 355-sonli Qaroriga muvofiq, Milliy futbol markazi tuzilmasida Respublika futbol akademiyasi qayta tashkil etildi. Endilikda hududiy akademiyalarning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilari Respublika futbol akademiyasiga jalb qilinadi.

Avvalroq Assosiasiya qoshidagi 14 ta futbol akademiyasi Birinchi ligada ishtirok etishi e’lon qilingandi. Endilikda ular qatoriga Respublika FA jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda Respublika FA o‘z mavqeidan kelib chiqqan holda, bir vaqtning o‘zida ikki turli musobaqada ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida turli yoshdagi terma jamoalarga nomzod bo‘lgan futbolchilarning ichki musobaqalar davomida toblanib borishiga zamin yaratadi.

Avvalroq Respublika futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining Olimpik klubi tarkibida faoliyatini davom ettirishi ko‘zda tutilgandi. Biroq 2025-yilgi mavsumga kelib, Olimpik klubida moliyaviy muammolar ko‘zga tashlandi. Shundan kelib chiqib, Assosiasiya rahbariyati Respublika futbol akademiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Respublika futbol akademiyasi professional futbol klubini tashkil etishga qaror qildi. Endilikda mazkur klub Proligada Olimpik futbol klubining o‘rnida ishtirok etadi.

Shuningdek, “Proliga reglamenti” talablarini inobatga olib, Respublika FA U19 jamoasi ham tashkil etiladi va u U19 chempionatida ishtirok etadi. Respublika futbol akademiyasida terma jamoalarga nomzod bir qator iqtidorli futbolchilar jam bo‘lishidan kelib chiqib, Respublika FJ (farm jamoa) Birinchi ligada Respublika FA klubining o‘rinbosarlari sifatida to‘p suradi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:08, 20.02.2026.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик