Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

UEFA “Barselona”ni jarimaga tortdi

UEFA “Barselona”ni jarimaga tortdi

Baho:
+ | -

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar ligasining umumiy bosqich 7-turidan o‘rin olgan Praganing “Slaviya” jamoasiga qarshi o‘yin (4:2) yakunlariga ko‘ra, “Barselona”ga 30,5 ming yevro miqdorida jarima soldi. Bu haqda UEFAga tayanib, Mundo Deportivo xabar bermoqda.

“Ko‘k-anorranglilar” muxlislar tomonidan fayerlar yoqilgani uchun 15,5 ming yevro to‘lashi talab etiladi. Yana 15 ming yevro miqdoridagi jarima Kataloniya klubiga maydonga chiqishning kechikishi sababli tayinlangan. Ta’kidlanishicha, ushbu kechikish “Barselona” bosh murabbiyi Hansi Flikning harakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, u UEFA tomonidan kelgusida jazolanishi mumkin bo‘lgan ogohlantirish olgan.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, Kataloniya klubi 16 ochko jamg‘ardi va beshinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalga yo‘l oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:07, 21.02.2026.
O'qildi: 10780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик