Kirish Ro'yxatdan o'tish

Meyvezer professional faoliyatini davom ettirishini e’lon qildi

Meyvezer professional faoliyatini davom ettirishini e’lon qildi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer professional faoliyatini qayta tiklaganini e’lon qildi.

"Boksda yangi rekordlar o‘rnatish uchun menda hali ham kerakli narsalar bor. Mayk Tayson bilan bo‘lajak tadbirimdan boshlab to navbatdagi professional janggacha hech kim mening shoularimchalik katta kassa yig‘maydi, global televideniye auditoriyasi ko‘paymaydi va har bir tadbirdan ko‘proq pul ishlab olmaydi.

Men buni global media hamkorim CSI Sports/FIGHT SPORTS bilan birgalikda davom ettirishni rejalashtirmoqdaman", - dedi Meyvezer.

Eslatib o‘tamiz, Floyd so‘nggi bor 2017 yilning avgustida Konor Makgregorni mag‘lub etgandi.

Meyvezer 25 aprel kuni Kongoda afsonaviy Mayk Taysonga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:11, 23.02.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик