Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Proliganing yangi titul homiysi e’lon qilindi

Proliganing yangi titul homiysi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

2026 yilning 25 fevral kuni Yandex Uzbekistan hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat futboli rivoji yo‘lida keng qamrovli hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Yandex Uzbekistan Proliganing rasmiy titul homiysiga aylanadi. Bundan tashqari, Superligada rasmiy hamkor maqomiga ega bo‘ladi. Endi Superliga va Proliga uchrashuvlari Allplay hamda Kinopoisk platformalari orqali namoyish etiladi.

Hamkorlik Yandex ekotizimi xizmatlari va brendlarini futbol media-muhitiga, stadionlar infratuzilmasiga hamda ligalar kommunikasiya formatlariga kompleks integrasiya qilishni nazarda tutadi.

O‘yin kunlari muxlislar uchun Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqa xizmatlar tomonidan maxsus aksiya va tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, stadionlarda interaktiv tadbirlar yo‘lga qo‘yiladi, faol foydalanuvchilar va Yandex Go haydovchilari ishtirokida uchrashuvlardan oldin to‘pga ramziy zarba marosimlari o‘tkaziladi. Shuningdek, yangi film, serial va musiqiy relizlar premyerasiga bag‘ishlangan maxsus loyihalar ishga tushiriladi.

Undan tashqari, raqamli hamkorlikni kengaytirish, qidiruv tizimida maxsus funksiyalarni joriy etish va shahar xizmatlari bilan qo‘shma brend loyihalarini amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Hamkorlik doirasida yoshlar futbolini rivojlantirish va futbolga yangi auditoriyani jalb etishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:40, 25.02.2026.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.