Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Liverpul" yarim himoyachisi "Real" uchun Vitinyaga muqobil variantga aylandi

"Liverpul" yarim himoyachisi "Real" uchun Vitinyaga muqobil variantga aylandi

Baho:
+ | -

"Liverpul" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Touchline ma’lumotlariga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishdagi asosiy maqsadi "PSJ" a’zosi Vitinya bo‘lib turibdi.

Agar Madrid klubi portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolay olmasa, unda e’tiborini Gravenberxga qaratadi. Gollandiyalik futbolchi Vitinyaga muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda.

Rayan Gravenberx 2023 yilda "Bavariya"dan "Liverpul"ga 40 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "qizillar" safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:31, 26.02.2026.
O'qildi: 1979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик