Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Kurtua "Real"ning "Benfika" ustidan qozongan g‘alabasini tahlil qildi

Kurtua "Real"ning "Benfika" ustidan qozongan g‘alabasini tahlil qildi

Baho:
+ | -

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Benfika" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) va jamoaning Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqqanini tahlil qildi.

"Prestianni o‘ynamagani sababli, ular o‘ng qanot vingeridan foydalanishmadi. Rios ko‘proq markazda o‘ynadi va bu bizga muammo tug‘dirdi. Ular juda ko‘p harakat qilishdi; himoyachisi yuqoriga chiqdi va ochiq hudud paydo bo‘ldi, biz esa u yerni yomon yopdik, nazarimda, birinchi gol aynan shu sababli urildi. Keyin, ikkinchi bo‘limda yaxshiroq himoyalandik. Tanaffusda tuzatishlar kiritdik, lekin birinchi bo‘limda ancha qiynalganimiz bor gap. Ularning goli biroz omadsizlik bo‘ldi, chunki Asensioga tegdi, men qaytardim va to‘p to‘g‘ri ularning futbolchisiga borib tushdi. O‘ylaymanki, keyinroq o‘yinimizni yaxshiladik, hisobni tenglashtirdik va bu muhim edi".

– Chempionlar ligasiga da’vo qilish uchun yanada ishonchliroq bo‘lish kerakmi?

"Biz ishonchlimiz. Chempionlar ligasida raqiblar vaziyatlar yaratishi normal holat. Biz o‘yinimizga tuzatishlar kiritishimiz kerak va murabbiy hamda videotahlil yordamida buni albatta amalga oshiramiz. So‘nggi haftalarda ancha barqaror bo‘ldik, lekin o‘yin nuqtai nazaridan bizga to‘p bilan harakatlanishda ravonlik va tezlik yetishmayapti. To‘pni ko‘proq bir qanotdan ikkinchisiga o‘tkazishimiz kerak. Agar hujumga juda uzoq tayyorgarlik ko‘rsak, raqib o‘zini qulay his qiladi, aynan shu yerda biz tezroq o‘ynashimiz lozim. Tanaffusda Arbeloa bizga shuni aytdi. Ikkinchi bo‘lim yaxshiroq o‘tdi. Biz unchalik yaxshi o‘ynamayapmiz, lekin asosiysi — g‘alaba".

– Hisob 1:1 bo‘lib turgan paytdagi hal qiluvchi seyvingiz haqida...

"Fotosuratni ko‘rdim va haqiqatda yaxshi seyv amalga oshirganimga amin bo‘ldim. To‘p oyoqlarim orasidan o‘tdi va men uni to‘xtatishga tayyor holatda edim. O‘ylaymanki, bu voleybol o‘ynagan ota-onamdan o‘tgan genlarimda bor va bolaligimda o‘zim ham voleybol bilan shug‘ullanganman. Bu men "Chelsi"da qo‘llagan texnika. Biz ba’zida mana shunday texnikalarni ishlatamiz va ular natija beradi", dedi Kurtua.

Kiritildi: 16:08, 26.02.2026.
O'qildi: 358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.