Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 1-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Asensioda hali hamon bosh og‘irig‘i saqlanib turibdi

Asensioda hali hamon bosh og‘irig‘i saqlanib turibdi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Raul Asensio YECHL doirasida «Benfika» bilan kechgan javob bahsida (2:1) jiddiy jarohat olishdan qutilib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda ispaniyalik futbolchi jamoadoshi Eduardo Kamavinga bilan to‘qnashib ketdi. Shifokorlar Asensioga qariyb 5 daqiqa davomida yordam ko‘rsatishdi, shundan so‘ng uning bo‘yin qismi maxsus fiksator bilan mahkamlanib, maydondan zambilda olib chiqib ketildi.

O‘yindan so‘ng jurnalist Edu Agirre «El Chiringuito» efirida Asensio hushini yo‘qotmaganini, stadiondan esa protokolga muvofiq shifoxonaga olib ketilganini ma’lum qildi. Keyinroq futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda: «Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat! Bu shunchaki shok edi», — deb yozib qoldirdi.

Jurnalist Xorxe Pikonning ma’lumotlariga ko‘ra, Asensio o‘tgan tibbiy testlar ijobiy natija ko‘rsatgan, biroq himoyachini hali ham bosh og‘rig‘i bezovta qilmoqda.

Kiritildi: 16:10, 26.02.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик