Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 1-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Real» «Tottenxem»ning 19 yoshli yulduzini sotib olmoqchi

«Real» «Tottenxem»ning 19 yoshli yulduzini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Tottenxem»ning 19 yoshli ingliz yarim himoyachisi Archi Greyni transfer qilish imkoniyatiga qiziqish bildirdi.

«Sports Boom» bergan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar skautlari futbolchining salohiyatini yuqori baholamoqdalar, ayniqsa, Greyning bosim ostida o‘zini tutishini alohida qayd etishgan. «Qirollik klubi» ushbu yosh iqtidorni yarim himoyadagi moslashuvchan rotasiyani mustahkamlash uchun uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, Archining harakatlarini Myunxenning «Bavariya» klubi ham sinchkovlik bilan kuzatib borayotgani aytilmoqda. Germaniya grandi uni ham tayanch yarim himoyachisi, ham elita darajasidagi o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynay oladigan «gibrid» futbolchi sifatida o‘z short-listiga kiritgan.

Archi Greyning shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Hozirda ingliz futbolchisining transfer qiymati taxminan 55 million funt sterlingni tashkil etadi, biroq tahlilchilar 2027 yilga kelib uning narxi 100 million funtdan oshishini prognoz qilishmoqda. «Shporlar» hozircha futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas va uni jamoaning kelajakdagi asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ko‘rishmoqda.

Kiritildi: 23:18, 26.02.2026.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик