Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Chegarasi yo‘q murabbiylik yechimlari…

Chegarasi yo‘q murabbiylik yechimlari…

Baho:
+ | -

Futbolda murabbiylik ishi ancha murakkab, albatta. Jamoaning ishlari ozgina orqaga ketsa yoki natija o‘xshamasa, murabbiy iste’fo atalmish real xavf ostida qoladi birdan. Shuning barobarida murabbiylik yechimlarining chek-chegarasi yo‘q. Improvizasiyaga esa taqiq bo‘lmasa kerak. Faqat natija ta’minlansa, bas.

ODDIY SUV IDISHLARI VOSITASIDA…

«Fenerbaxche»ning «Alaniyaspor»ga qarshi o‘yini nafaqat dramatik voqeliklar, balki murabbiyning improvizasion yechimi bilan ham esda qoldi. Hammasi maydon chetida yuz berdi. O‘yin avj pallaga kirgan vaqt «Fener» ustozi Domeniko Tedesko taktik o‘zgarishlarni tushuntirish uchun ispaniyalik hujumchi Marko Asensioni yoniga chaqirdi. Yo‘q, belgiyalik mutaxassis shovqinli stadionda baqir-chaqir qilgani yo‘q, shunchaki, oddiy suv idishlarini olib, maydonga terib qo‘ydi va ular vositasida qaysi zonadan oldinga o‘tish zarurligini ko‘rsatib berdi. Tedeskoning improvisazion «taktik doska»si darhol telekameralar nigohiga tushdi va ehtimolki, muxlislarga tabassum ham ulashdi. Muhimi, hazil-mutoyibalar tezda tugadi. Chunonchi, Asensio atigi bir necha daqiqadan keyin murabbiy ko‘rsatmalarini maydonda mukammal bajarib, muhim golga assistentlik qildi va «Fenerbaxche» yakunda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi…

ANTIQA ALMASHTIRISH

«Real Sosyedad» bosh murabbiyi Pellegrino Matarasso 13 yanvar kuni Ispaniya kubogi 1|8 finalidan o‘rin olgan «Osasuna»ga qarshi o‘yinda kamdan-kam uchraydigan qarorga keldi. U 89-daqiqada, jamoasi 1:2 hisobida yutqazib turgan vaqt markaziy himoyachi Duje Chaleta-Sar o‘rniga zaxiradan hujumchi Orri Oskarssonni maydonga tushirdi. Tushunarli o‘zgarish, har holda, «Sosyedad» kubok turniri bilan xayrlashish yoqasida edi. San-sebastyanliklar keyingi daqiqada muvozanatni tiklab, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga cho‘zishdi. Matarasso esa yana 30 daqiqa himoyada 3 nafar futbolchi bilan o‘ynamaslik uchun maydonda hech qancha harakatlanmagan islandiyalik hujumchini qayta zaxiraga oldi va o‘rniga markaziy mudofaa vakili Jon Martinni tushirdi. Tabiiyki, skandinaviyalik futbolchiga voqealarning bunday rivoji aslo yoqmadi va u qayta almashtirilganidan so‘ng to‘g‘ri kiyinish xonasiga ravona bo‘ldi. Shu tariqa Oskarsson qo‘shimcha bo‘limlar yakuniga qadar tashqariga chiqmadi. U hatto penaltilar seriyasi boshlanganida ham, jamoa muvaffaqiyat qozonib, keyingi bosqichga chiqqanini muxlislar bilan maydonda nishonlayotgan vaqtda ham ko‘rinish bergani yo‘q.

Albatta, Matarasso o‘sha lahzada murakkab qaror qabul qildi, har holda, agar jarohat kuzatilmasa, zaxiradan maydonga tushgan futbolchining atigi 5 daqiqadan keyin qayta almashtirilishi noodatiy holatdir. Faqat haqiqat shuki, «Real Sosyedad» o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tkazganidan keyin murabbiy tartibsiz holga kelgan jamoaviy harakatlarni qayta to‘g‘rilashi kerak edi. U aynan shunday qildi va «Real Sosyedad»ning yakuniy g‘alabasini ta’minladi. Futbolchining ranjishi esa ikkinchi masala. Axir jamoa manfaati har narsadan ustun turadi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:55, 26.02.2026.
O'qildi: 252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.