Hujumchi Nikolas Jekson «Bavariya»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Futbolchi, hatto klub uni olib qolmoqchi bo‘lgan taqdirda ham, Myunxenda qolishni istamayapti.
Jekson jamoadagi holatidan norozi. Shuningdek, u «Bavariya» jamoasiga moslashib keta olmadi. Futbolchi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan ijara muddati tugagach, tezroq «Chelsi»ga qaytishni kutmoqda.
Avvalroq «Bavariya» ham Jeksonni sotib olish ishtiyoqida emasligi haqida xabar berilgan edi. Biroq u «Chelsi»ga ham kerak emas. Londonliklar hujumchi uchun boshqa jamoa topish variantlarini ko‘rib chiqishadi.













