Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Ueyn Runi Maradona bilan kutilmagan uchrashuv haqida gapirib berdi

Ueyn Runi Maradona bilan kutilmagan uchrashuv haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq hujumchi Ueyn Runi 2013 yilda, o‘zi uchun kutilmaganda restoranda Diyego Armando Maradona bilan qanday uchrashib qolgani haqida gapirib berdi. Bu voqea Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Manchester Yunayted" uchun omadsiz kechgan Madridning "Real" klubiga qarshi o‘yindan so‘ng sodir bo‘lgan.

"Manchester Yunayted" boshqaruvidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan Aleks Fergyuson o‘shanda Runini zaxira o‘rindig‘ida qoldirgan edi, bu esa hujumchini qattiq xafa qilgan. Ana shunday sharoitda, o‘yindan so‘ng tushkunlik va g‘azabga to‘lib turgan Runi kutilmaganda Maradonani uchratib qolgan.

"O‘sha o‘yindan keyin juda darg‘azab edim, biz alamli tarzda musobaqadan chiqib ketgandik. Tinchlanish uchun restoranga kirdim va u yerda "qotib qoldim" — stolda Diyego Maradona o‘tirardi. U meni yoniga chaqirdi va tinchlantirish uchun gapira boshladi. Kutilmaganda bo‘ynidagi bo‘yinbog‘ini (galstugini) yechib, menga sovg‘a qildi. Bu aql bovar qilmaydigan, lekin juda go‘zal ishora edi. Men o‘sha bo‘yinbog‘ni haligacha avaylab saqlayman", — deya Runining so‘zlarini keltiradi "derbyderbyderby.it".

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yilda, Runi futbolchi sifatidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan vaqtda vafot etgan edi.

Kiritildi: 12:21, 28.02.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик