Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Kyoln" vunderkindi uchun kurashga "Tottenxem" ham qo‘shildi

"Kyoln" vunderkindi uchun kurashga "Tottenxem" ham qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Kyoln" vingeri Said el-Mala "Tottenxem"ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "shporlar" 19 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborishgan.

Biroq, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki istiqbolli germaniyalik futbolchi uchun kurashda "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Brayton", "Barselona", "PSJ", "Bavariya" va Milanning "Inter" klublari ham ishtirok etmoqda.

"Transfermarkt" portalining bahosiga ko‘ra, futbolchining narxi 40 million yevroni tashkil etadi. Uning "Kyoln" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Said el-Mala joriy mavsumda Bundesliganing 23 ta uchrashuvida maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 12:54, 28.02.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик