Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Slot: "Birinchi bo‘limdagi 3:0 hisobiga loyiq emasdik"

Slot: "Birinchi bo‘limdagi 3:0 hisobiga loyiq emasdik"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 28-turi doirasida "Vest Xem"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. O‘yin 5:2 hisobida yakunlandi (birinchi bo‘limdan so‘ng 3:0).

"Eng muhimi — biz standart vaziyatlardan 3 ta gol urdik. Ehtimol, to‘rtinchisi haqida ham gapirish mumkindir, chunki Gakponing goli standartdan biroz vaqt o‘tib kiritildi. Menimcha, biz ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan tanaffusgacha 3:0 hisobida oldinda borishga loyiq emasdik", — dedi Slot Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

"Biz o‘tkazgan barcha boshqa o‘yinlarda standart vaziyatlarimiz ko‘p bo‘lgan va ulardan gol urish uchun uzoq vaqt kurashgandik. Imkoniyatlarimiz bor edi va hammasi iziga tushishini bilardik. Hozir aynan shunday bo‘lmoqda", — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

"Liverpul" 48 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. "Vest Xem" esa 25 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 23:32, 28.02.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик