Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Vinisius "Real"dagi kelajagini belgilab oldi

Vinisius "Real"dagi kelajagini belgilab oldi

Baho:
+ | -

Hujumchi Vinisius Junior katta ehtimol bilan "Real"dagi faoliyatini davom ettiradi.

"Diario AS" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. Endilikda forvard o‘zini jamoaning juda muhim o‘yinchisi sifatida his qilmoqda va klubda baxtli. Avvalroq Vinisius Xabi Alonsoning ishidan norozi edi. Biroq Alvaro Arbeloa tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash bu masalada hal qiluvchi rol o‘ynadi.

Vinisius Junior 2018 yilda "Flamengo"dan "Real"ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:37, 01.03.2026.
O'qildi: 1532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик