Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Tottenxem" hujumchisi "Yuventus"ning asosiy nishoni bo‘lib qolmoqda

"Tottenxem" hujumchisi "Yuventus"ning asosiy nishoni bo‘lib qolmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Tuttosport" nashrining xabar berishicha, hujumchi Randal Kolo-Muani hamon Turin klubining asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi, ayniqsa, Dushan Vlaxovichning kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida bu masala dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Kolo-Muani avval ham "Yuventus"da to‘p surgan — u o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Turinda o‘tkazgan edi. Sentyabr oyidan buyon Randal ijara asosida "Tottenxem" safida harakat qilmoqda. Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari 27 yoshli futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Randal Kolo-Muani "Tottenxem" safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 4 ta gol urdi va sheriklariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:46, 01.03.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик