Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Arsenal" burchak zarbalaridan gol urish bo‘yicha APL rekordini yangilashga yaqin turibdi

"Arsenal" burchak zarbalaridan gol urish bo‘yicha APL rekordini yangilashga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" APL joriy mavsumida yana burchak to‘pidan gol urdi — bu safar APLning 28-turida "Chelsi" darvozasiga.

Mikel Arteta shogirdlari London derbisida 21-daqiqada hisobni ochishdi. Bukayo Saka burchakdan to‘pni uzoq ustun tomon yetkazib berdi, u yerda Gabriel Magalyaes boshi bilan to‘pni sherigi Vilyam Salibaga tashlab berdi. Fransuz himoyachisi to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi, to‘p Mamadu Sarrga tegib, chiziqni kesib o‘tdi. Gol Saliba hisobiga yozildi.

66-daqiqada esa Deklan Raysning burchakdan uzatgan to‘pi va darvozabon Robert Sanchesning xatosidan so‘ng, Yurriyen Timber to‘pni darvozaga kiritdi.

Bu "to‘pchilar"ning Angliya chempionati joriy mavsumida burchak to‘plaridan urgan 15 va 16-gollari bo‘ldi. Shu tariqa, "Arsenal" liga rekordini takrorladi. Bungacha bir mavsumda burchak to‘plaridan 16 ta golni "Oldxem" (1992/93 yilgi mavsum), "Vest Bromvich" (2016/17) va "Arsenal"ning o‘zi (2023/24) kiritgan edi.

Kiritildi: 23:31, 01.03.2026.
O'qildi: 984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик