Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

O‘yin vaqtida 82 yoshli fanat vafot etdi

O‘yin vaqtida 82 yoshli fanat vafot etdi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Segundaning 28-turidan o‘rin olgan «Sporting» va «Leganes» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida 82 yoshli muxlis vafot etdi, deya xabar berdi Xixon klubi matbuot xizmati.

Xixondagi stadionda kechayotgan bahs birinchi bo‘lim boshida favqulodda tibbiy holat tufayli to‘xtatilgan edi. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, erkakning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. «Sporting» klubi ta’kidlashicha, marhum 40 yil davomida klub abonementi sohibi bo‘lib kelgan.

«Bugun barchamiz chuqur qayg‘udamiz. Xayolimiz uning oilasi va yaqinlari bilan. Tibbiyot xodimlari va xavfsizlik xizmatiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun, shuningdek, har ikki jamoa muxlislariga namunali xulq-atvori uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deyiladi «Sporting» klubi bayonotida.

Ushbu voqeadan so‘ng o‘yin qayta tiklanmadi. Qoldirilgan uchrashuvning sanasi va vaqti qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Kiritildi: 05:30, 02.03.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик