Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» afsonasi Devid Bekxemni ortda qoldirdi

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» afsonasi Devid Bekxemni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» navbatdagi muvaffaqiyatli o‘yinini o‘tkazdi va «Kristal Pelas» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Brunu Fernandesh esa yana bir bor ajoyib ishtirok namoyish etib, gol urish bilan birga golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Bu Brunu uchun «Manchester Yunayted» safida chempionat doirasida ham gol urgan, ham golli pas bergan o‘n sakkizinchi o‘yin bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u afsonaviy Devid Bekxemni ortda qoldirdi — angliyalik yulduzda bunday o‘yinlar soni o‘n yettitani tashkil etgan.

Endilikda Brunudan oldinda faqat ikki futbolchi qoldi — faoliyati davomida 35 ta shunday o‘yin o‘tkazgan Ueyn Runi hamda «Manchester Yunayted» safida 22 marta bunday natijaga erishgan afsonaviy uelslik Rayan Giggz. Ta’kidlash joizki, Brunu Fernandesh klubda atigi oltinchi yilini o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 06:00, 02.03.2026.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик