Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Manchester Siti» yangi himoyachi uchun 80 mln yevro sarflashga tayyor

«Manchester Siti» yangi himoyachi uchun 80 mln yevro sarflashga tayyor

Baho:
+ | -

«Nyukasl» qanot himoyachisi Tino Livramento faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» 23 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 80 million yevro ajratishga tayyor. Qayd etilishicha, «Nyukasl» futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda ijobiy natijaga erisha olmagan.

Livramento 2023 yildan beri «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:17, 02.03.2026.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик