Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Gabriel «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida: «Jamoaning bor kuchi bilan harakat qilganidan mamnunman»

Gabriel «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida: «Jamoaning bor kuchi bilan harakat qilganidan mamnunman»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Gabriel Magalyayns APL 28-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan qiyin o‘yindagi g‘alabadan so‘ng jamoadoshlarini maqtadi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi va «kanonirlar» o‘zlarining mag‘lubiyatsiz seriyasini 9 ta o‘yinga yetkazib olishdi.

«Bu chinakam katta uchrashuv bo‘ldi, shuning uchun 3 ochkoni qo‘lga kiritganimizdan juda xursandman. Maydondagi har bir futbolchi aql bovar qilmas darajada o‘ynadi. Bizni nima kutayotganini bilardik, ayniqsa, hammaning ko‘rsatgan fidoyiligi va bor kuchi bilan harakat qilganidan mamnunman», — deya Gabrielning so‘zlarini keltiradi «Arsenal» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ushbu g‘alabadan so‘ng Mikel Arteta shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 64 taga yetdi.

Kiritildi: 15:39, 02.03.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик