Madridning "Real" klubi himoyachisi Din Xyoysen joriy mavsumdagi samaradorlikning pasayishi va beqaror o‘yini sababli Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun tarkibidan joy ololmasligi mumkin, deb xabar beradi Fichajes.
Ispaniya terma jamoasi a’zosi Angliyaning "Bornmut" klubidan 60 million yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga sotib olingan edi va u jamoa mudofaa chizig‘ini yangilash uchun asosiy figuralardan biri sifatida ko‘rilgandi.
O‘tgan mavsumda APLda Xeysen to‘pni olib qo‘yishdagi ishonchli harakatlari, hujumni boshlash qobiliyati va ochiq maydondagi faolligi bilan o‘zini istiqbolli markaziy himoyachi sifatida ko‘rsata olgandi. "Qaymoqranglilar" safiga o‘tganidan so‘ng u muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda, biroq joriy mavsumdagi bir qator o‘yinlarda gol bilan yakunlangan xatolarga yo‘l qo‘ydi va yuqori bosim ostida o‘ynashda qiyinchiliklarga duch keldi.
Klubdagi beqaror o‘yinlar fonida uning bo‘lajak Jahon chempionatidagi ishtiroki so‘roq ostida qolishi mumkin. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente tarkibni futbolchilarning ayni damdagi formasi va o‘yin amaliyotidan kelib chiqib shakllantiradi. Milliy jamoaning markaziy himoyachilari o‘rtasidagi raqobat esa yuqoriligicha qolmoqda.













