Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Strasbur» — Fransiya Kubogining ilk yarim finalchisi

«Strasbur» — Fransiya Kubogining ilk yarim finalchisi

Baho:
+ | -

Fransiya Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda «Strasbur» o‘z maydonida «Reyms» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Strasburdagi «Stad de la Meno» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda darvozalarga gol urilmadi. Ikkinchi bo‘lim yakunida mezbonlar 4 daqiqa ichida ikki bor penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Gollarga Xoakin Panikelli va Xulio Enkiso mualliflik qildi. «Shampanliklar» esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda bitta javob to‘pini kiritishdi — gol muallifi Elog Zabi.

«Strasbur» Fransiya Kubogining ilk yarim finalchisiga aylandi. Elzasliklarning navbatdagi raqibi qur’a tashlanganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Fransiya Kubogi. 1/4 final
04.03.2026 | 01:00
«la Meno», Strasburg

«STRASBUR» — «REYMS» — 2:1
Gollar: Panikelli 83 — penaltidan (1:0), Enkiso 87 — penaltidan (2:0), Zabi 90+4 (2:1).

«Strasbur»: Penders, Dukure, Xoysberg, Chiluell (Fofana, 70), Due, Barko (Mvanga, 85), Uttara, Nanasi (Amo-Ameyau, 70), Godo (Enkiso, 61), Yasin, Panikelli (El Murabet, 85).

Ogohlantirish: Yasin (37).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:13, 04.03.2026.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик