Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»ning APL tarixidagi rekordiga yaqinlashdi

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»ning APL tarixidagi rekordiga yaqinlashdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Premyer-liganing 29-turida «Nyukasl Yunayted»ga qarshi o‘yinda (1:2) golli uzatma amalga oshirdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha klub tarixidan o‘rin oldi.

Opta Sports telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, ushbu assist portugaliyalik futbolchi uchun joriy APL mavsumidagi 14-golli uzatma bo‘ldi. «Qizil iblislar» safida Premyer-liga bir mavsumida bundan ko‘proq assistni faqat Devid Bekxem amalga oshirgan — u 1999/2000 yilgi mavsumda 15 ta golli uzatma qayd etgan.

Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 15 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:00, 05.03.2026.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик