Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saudiya Pro-ligasi yulduzlari mamlakatni tark etmoqchi

Saudiya Pro-ligasi yulduzlari mamlakatni tark etmoqchi

Baho:
+ | -

Yaqin Sharqdagi vaziyatga qaramay, Saudiya Arabistoni chempionati o‘yinlari rejalashtirilgan grafiq bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan haftada Isroil va AQSH harbiy kuchlari Eron hududiga zarbalar berdi va harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qildi. Islom respublikasi esa bunga javoban AQSHning harbiy bazalariga hamda Isroil, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Bahrayndagi boshqa ob’ektlarga zarbalar yo‘lladi.

So‘nggi kunlardagi voqealar fonida Saudiya klublari o‘yinchilari va xodimlari o‘rtasida o‘z xavfsizligi bo‘yicha xavotirlar kuchaymoqda, deya xabar berdi liga xodimlaridan biri The Athletic nashriga. Boshqa bir manbaning ma’lum qilishicha, ko‘plab futbolchilarning oilalari mintaqani tark etgan.

"Liga klublarga o‘yinlarni davom ettirish xavfsiz ekani haqida xatlar yubordi, biroq bu ko‘pchilikni ishontira olmadi. Ko‘plab xorijlik futbolchilar shunchaki mintaqadan chiqib ketishni istashmoqda. Ba’zilar allaqachon oilalarini xavfsiz joyga ko‘chirishga ulgurdi. Bu voqealar odamlarni shokka tushirib qo‘ydi.

Liganing "biz xavfsiz o‘ynay olamiz" degan bayonotlari bilan ko‘priklar va ma’lum binolardan uzoqroq turish kerakligi haqidagi milliy ogohlantirishlar o‘rtasida farq bor.

Biz hamon odatdagi tartibda mashg‘ulot o‘tkazyapmiz va dam olish kunlaridagi o‘yinlar davom etishi aytildi, ammo futbolchilar ketishni boshlasa, hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ular bizning xavfsizligimizni qanday kafolatlashi mumkinligini tushunmayapman", — deb ta’kidladi manba.

Kiritildi: 08:03, 05.03.2026.
O'qildi: 2584 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик