Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" yulduziga yana imkoniyat beriladigan bo‘ldi

"MYU" yulduziga yana imkoniyat beriladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Meyson Maunt katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Aston Villa" va "Fulxem" klublari qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, "qizil iblislar" yozgi transfer oynasida o‘z o‘yinchisini sotishni rejalashtirishmayapti.

Joriy mavsumda Maunt "Manchester Yunayted" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:18, 05.03.2026.
O'qildi: 2310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик