Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Luis Enrike «Barselona»ga qaytishi mumkin: U o‘zi bilan bir futbolchini olib kelmoqchi

Luis Enrike «Barselona»ga qaytishi mumkin: U o‘zi bilan bir futbolchini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Barselona»ga qaytishi mumkin.

El Nacional nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis 2027 yilda Kataloniya klubiga qaytish variantini istisno etmayapti. U allaqachon «ko‘k-anorranglilar» rahbariyatiga parijliklar vingeri Bredli Barkolani o‘zi bilan birga «Kamp Nou»ga o‘tishga ko‘ndira olishi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike 2014 yildan 2017 yilgacha «Barselona»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida Kataloniya klubi uch marta Ispaniya Kubogini, ikki marta La Ligani, shuningdek, bir martadan Ispaniya Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Enrike futbolchilik faoliyati davomida ham 1996 yildan 2004 yilgacha «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 13:10, 05.03.2026.
O'qildi: 10898 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик