Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vitinya "Real" taklifi haqida gapirdi

Vitinya "Real" taklifi haqida gapirdi

Baho:
+1 | -

«PSJ» yarim himoyachisi Vitinya Madridning «Real» klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«PSJ»ni tark etish xato bo‘lgan bo‘lardi. Bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, ushbu klubni yaxshi ko‘raman, oilamga ham bu yer yoqmoqda. Hozirgi vaqtda «Real»ga o‘tish men uchun eng yaxshi qaror deb o‘ylamayman. «PSJ» muxlislari meni qadrlashlarini sezyapman va ularning mehrini qozonganman degan tuyg‘u bor. Bizda fantastik jamoa va aql bovar qilmas murabbiy bor», — dedi Vitinya Canal 11 telekanaliga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Vitinya «PSJ» safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:05, 05.03.2026.
O'qildi: 5398 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик