Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Faqat bir jamoa futbol o‘ynashga harakat qildi». «Brayton» murabbiyi «Arsenal»ni tanqid qildi

«Faqat bir jamoa futbol o‘ynashga harakat qildi». «Brayton» murabbiyi «Arsenal»ni tanqid qildi

Baho:
+1 | -

«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler Angliya Angliya Premyer‑ligasi 29-turidan o‘rin olgan o‘yindan keyin «Arsenal»ning o‘yinini tanqid qildi. Ushbu uchrashuvda «chaykalar» «kanonirlar»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«G‘alabaning turli xillari bo‘ladi. Agar ular Premyer-ligada g‘olib bo‘lishsa, hech kim buni qanday qilib qo‘lga kiritganini so‘ramaydi. Ular bu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun barcha narsani qilayotgani sezilib turdi. Oxir-oqibat barchasi qoidalarga borib taqaladi. Agar Premyer-ligada hakam bunday holatlarga ko‘z yumsa, bu juda qiyin.

Ular go‘yo qoidalarni o‘zlari belgilayotgandek. Hozir menda shunday taassurot borki, ular o‘yin qanday kechishidan qat’i nazar qoidalarni o‘z xohishiga ko‘ra qo‘llamoqda. Shuning uchun menimcha buni baholash qiyin. Masalan, darvozabon vaqt cho‘zgani uchun ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatilishi mumkinmi? Bu hech qachon sodir bo‘lmaydi. Unda u nima qilishi kerak? Masala shunda, shuning uchun ham qoidalar va cheklovlar kerak.

Tanaffusda u (uchrashuv hakami Kris Kavana) menga ham xuddi shu gapni aytdi. Biz faqat vaqtni cho‘zishni qanday qisqartirish mumkinligi haqida gaplashdik va u bu unga qiyin emasligini aytdi. Bizga aniq qoidalar kerak, chunki shunda hakamni ham himoya qilish mumkin bo‘ladi. Ular muayyan talablarga amal qilishi shart, Premyer-liga esa bu borada ularga ko‘proq yordam berishi kerak.

Men jamoamizning o‘yinidan juda mamnunman. Menimcha, bugun maydonda faqat bitta jamoa futbol o‘ynashga harakat qildi va shuning uchun men yigitlarim bilan faxrlanaman.

Men hech qachon bunday yo‘l bilan g‘alaba qozonishga urinadigan murabbiy bo‘lmayman. Men futbolchilarni rivojlantirishni istayman. Ular doimiy ravishda o‘sib borishini, maydonda futbol o‘ynashda davom etishini xohlayman. Albatta, oxir-oqibat har bir jamoa vaziyatni boshqarishga va vaqtni cho‘zishga harakat qiladi, ammo bunga cheklov bo‘lishi kerak. Bu cheklovni Premyer-liga belgilashi kerak. Hozircha esa ular xohlaganini qila olyapti.

Men hozir zaldagi barchadan: «Bu o‘yin sizlarga haqiqatan ham yoqdimi?» deb so‘rasam, ishonchim komilki, kimdir qo‘l ko‘taradi — chunki bu yerda «Arsenal» muxlislari ko‘p. Ulardan tashqari hech kim qo‘l ko‘tarmaydi.

Bu kelajakda nimaga olib keladi? Mana shu savol meni o‘ylantiradi. Bir o‘yinda 60 daqiqa to‘p bilan o‘ynaymiz, «Arsenal»ga qarshi uchrashuvda esa bor-yo‘g‘i 50 daqiqa. 10 daqiqalik farq — muxlislar shunga pul to‘laydimi? Nima demoqchi ekanimni tushunyapsizmi?» — dedi Xyurseler.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:21, 05.03.2026.
O'qildi: 272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.