«Inter Mayami» futbol klubi MLS Kubogidagi g‘alaba munosabati bilan AQSH prezidenti Donald Trampning tantanali qabuliga — Oq uyga tashrif buyurdi. Jamoa o‘tgan yilning noyabr oyida «Vankuver» ustidan g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Bu klubning 2020 yilda ligaga qo‘shilganidan beri qayd etgan ilk chempionligidir.
«Qo‘tonlar» hujumchisi Lionel Messi ham klub delegasiyasi tarkibida tashrif buyurdi. Bu argentinalik yulduzning Oq uyga ilk tashrifi hisoblanadi, chunki u 2025 yilning yanvar oyida sobiq prezident Jo Bayden tomonidan topshiriladigan prezidentlik medalini topshirish marosimida ishtirok eta olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida AQSH xokkey terma jamoasi ham 2026 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgani munosabati bilan Oq uyda bo‘lgan edi.
Messi «Inter Mayami» safiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida u klub bilan amaldagi shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi.













