Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Rasman: Valid Regragi Marokash terma jamoasidan iste’foga chiqdi

Rasman: Valid Regragi Marokash terma jamoasidan iste’foga chiqdi

Baho:
+ | -

Marokash Qirollik futbol federasiyasi Valid Regragi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini e’lon qildi.

Tashkilot o‘zining rasmiy YouTube-kanalidagi jonli efir davomida mutaxassisning ketganini va uning o‘rniga Mohamed Uabi tayinlanganini ma’lum qildi.

«Jamoaga yangi murabbiy bilan birga yangi qiyofa, o‘zgacha energiya va yangicha qarash kerak. O‘ylaymanki, JCH-2026 oldidan jamoa rivojlanishda davom etishi uchun unga yangi hayot va yangi tasavvur zarur. Mening ketish haqidagi qarorim ushbu jamoa evolyusiyasining bir qismidir», — dedi Regragi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Marokash terma jamoasi Afrika Kubogi finalida Senegalga imkoniyatni boy bergan edi (0:1, qo‘shimcha vaqtlarda).

50 yoshli marokashlik mutaxassis 2022 yilning avgustidan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida marokashliklar 49 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta g‘alaba, 8 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etishdi.

Kiritildi: 05:26, 06.03.2026.
O'qildi: 1286 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик