Kirish Ro'yxatdan o'tish

Donald Tramp: «O‘g‘lim ham Messining, ham Ronalduning ashaddiy muxlisi»

Donald Tramp: «O‘g‘lim ham Messining, ham Ronalduning ashaddiy muxlisi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda «Inter Mayami» jamoasini qabul qilish chog‘ida uning o‘g‘li Barron Lionel Messining ashaddiy muxlisi ekanligini ma’lum qildi.

«Boshqa hech qaysi prezident aytmagan gapni aytish men uchun katta sharaf. Oq uyga xush kelibsiz, Lionel Messi. U (Barron) — sizning ashaddiy muxlisingiz. U sizni shunchaki ajoyib inson deb hisoblaydi. U xuddi Ronaldu ismli djentlmenning muxlisi bo‘lgani kabi, sizning ham katta fanatingizdir... Krishtianu — buyuk. Sizlar ushbu sport turidagi buyuk sportchilarsiz», — deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sport Bible».

Qizig‘i shundaki, 2025 yilning noyabr oyida Tramp Oq uyda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Ol Saud sharafiga uyushtirilgan marosimda o‘g‘li Ronalduning muxlisi ekanligini aytgan va portugaliyalik futbolchini barcha davrlarning eng buyuk o‘yinchisi («G.O.A.T.») deb atagan edi.

«Inter Mayami» MLS Kubogidagi g‘alaba munosabati bilan Oq uyga tashrif buyurdi. Messi AQSH prezidenti bilan ilk bor uchrashdi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar oyida, davlat rahbari Jo Bayden bo‘lgan vaqtda, argentinalik yulduz prezidentlik medalini topshirish marosimida ishtirok eta olmagan edi.

Kiritildi: 05:28, 06.03.2026.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик