Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Metallurg» klubi yana bir masalani ijobiy hal qildi

«Metallurg» klubi yana bir masalani ijobiy hal qildi

Baho:
+ | -

Bekobodning «Metallurg» klubi sobiq futbolchisi Marko Milichkovich bilan bog‘liq vaziyatni ijobiy hal qildi.

Chernogoriyalik futbolchi moliyaviy muammolar sababli OFKga arz qilgan edi. Qayta tashkil qilingan «Metallurg» PFK rahbariyati mazkur masalani sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishdi hamda hal qilishni uddalashdi.

Natijada, endi «Metallurg» klubining lisenziyalash bilan bog‘liq hech qanday cheklov yoki muammolari mavjud emas. Bu borada 5 mart sanasida O‘zbekiston Professional futbol ligasiga OFKdan xat yuborilgan.

O‘z navbatida, futbolchining agenti Nikola Tadich o‘yinchi va «Metallurg» klubi o‘rtasidagi barcha muammolar bartaraf etilgani to‘g‘risida xat yubordi.

Shuningdek, agent mazkur vaziyat hal etilishida jonbozlik ko‘rsatgan «Metallurg» PFK bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevdan minnatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Nikola tajribali mutaxassis to‘liqligicha aloqani saqlab turgani, professional tarzda masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatganiga urg‘u berib o‘tdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:53, 06.03.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик