Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Trabzonspor" Onana bo‘yicha bir qarorga keldi

"Trabzonspor" Onana bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumni ijara asosida «Trabzonspor»da o‘tkazayotgan «Manchester Yunayted» darvozaboni Andre Onananing kelajagi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Manchester Evening News nashrining tasdiqlashicha, Turkiya klubi «Manchester Yunayted»ga yozgi transfer oynasida kamerunlik posbon uchun 46 million yevro to‘lashga tayyor emasligini ma’lum qilgan. 29 yoshli futbolchi yakunda qayerda to‘p surishi hozircha noma’lum.

Joriy mavsumda Onana «Trabzonspor» tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Darvozabonning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:03, 07.03.2026.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик