Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Arbeloa: "Vinisius "Real"ning hujumdagi asosiy tayanchi"

Arbeloa: "Vinisius "Real"ning hujumdagi asosiy tayanchi"

Baho:
+ | -

Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar va Vinisius Juniorning "Real Madrid" uchun ahamiyati haqida gapirdi.

"Mbappe o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda. So‘nggi haftalarda aytganimdek, bu kundan-kunga o‘zgarib bormoqda; biz uning qanday rivojlanayotganini ko‘rishimiz kerak. Butun hafta juda ijobiy o‘tdi va u Parijdan Madridga o‘zini yaxshi his qilib qaytdi. U har kuni yaxshilanmoqda va biz uning tez orada qaytishini intiqlik bilan kutmoqdamiz.

Kim bu yerda bo‘lsa, o‘ynasa, biz uchun juda muhim bo‘ladi. Biz bir nechta asosiy o‘yinchilarni yo‘qotdik, ular haqli ravishda dunyoning eng yaxshilari qatorida. Vinisius Junior katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqda va hujumdagi asosiy tayanchimiz. Agar biz "Manchester Siti"ni mag‘lub etmoqchi bo‘lsak, u bizga eng yaxshi formada kerak" - dedi "Real Madrid" bosh murabbiyi.

Kiritildi: 23:20, 10.03.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик