Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 0-3 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 4-1 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 0-0 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Fransiyalik mutaxassis o‘zbek bokschilarining Los -Anjeles Olimpiadasidagi imkoniyatlariga baho berdi!

Fransiyalik mutaxassis o‘zbek bokschilarining Los -Anjeles Olimpiadasidagi imkoniyatlariga baho berdi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Xabaringiz bor, "Strandja" turnirida bokschilarimiz ajoyib natijalar qayd etishdi. Mazkur musobaqani fransiyalik bloger, ijtimoiy tarmoqlarda RienQuelaBoxe nomi bilan tanilgan Mussa Mang ham keng ko‘lamda yoritib borgan edi. Biz u bilan turnir mobaynida do‘stlashdik va kuni kecha Mussa bilan bog‘lanib, qisqacha suhbat qurdik.

- O‘zbekistondan salomlar!

- Mendan ham salomlar bo‘lsin!

-  "Strandja" turnirini ajoyib tarzda yoritding, taassurotlar qanday?

- Albatta, ijobiy. Juda qiziqarli bo‘ldi.

- O‘zbekiston terma jamoasi ishtiroki haqida qanday fikrdasan?

- Men uchun musobaqada o‘zbek bokschilari katta ustunlikka ega bo‘lishdi. Jamoangiz 4 ta jahon chempioni va ko‘plab yetakchilar qatorida Ozodbek Aliyev kabi ilgari biz ko‘rmagan yosh iste’dodlar bilan tashrif buyurishdi. Ayollar orasida ham chempionlar va finalchilar ko‘p bo‘ldi. O‘zbek qizlari ham erkak bokschilar kabi yuqori darajaga chiqib borishmoqda.

- Do‘stim, senga qaysi bokschimizning harakatlari  ko‘proq yoqdi?

- To‘rabek Habibullayev hamda Fazliddin Erkinboyev. Alohida bittasini ta’kidlash kerak bo‘lsa, Habibullayevni aytgan bo‘lardim. Chunki unda raqobat juda kuchli bo‘ldi.

- Qizlarimizdan-chi?

- Navbahor Hamidovaning uslubi menga ko‘proq yoqadi. Milanda bo‘lib o‘tgan Olimpiya saralash turnirida uning harakatlaridan zavq olgandim. Shuningdek menga Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova, Aziza Zokirova va shu musobaqada taniganim Nigina O‘ktamova ham yaxshi taassurot qoldirdi.

-Umuman o‘zbek boksi haqida nimalarni ayta olasan?

- Men o‘sha Sobiq Ittifoq boks uslubi muxlisiman. Tabiiyki, o‘zbek va butun Markaziy Osiyo boksini qadrlayman. Natijalar ham buni tasdiqlab turibdi. Qozog‘istonlik do‘stlarimga hurmatni saqlagan holda aytishim mumkin-ki, hozir o‘zbek boksi oldinda. Bir qator buyuk chempionlariga ega.

-Nima deb o‘ylaysan, O‘zbekiston terma jamoasi Los-Andjeles Olimpiadasida ham eng ko‘p oltin medalni qo‘lga kirita oladimi?

-Parij Olimpiadasidagi natijani takrorlash qiyin bo‘ladi. Ko‘p davlatlarda boks rivojlanyapti va jiddiy tayyorlanishmoqda. Biroq O‘zbekiston o‘zining yuqori darajasini saqlab qolsa va ayollar terma jamoasi 2024 yilga nisbatan raqobatbardoshroq bo‘lsa, eng ko‘p oltin medallarni qo‘lga kiritishi mumkin. Nega endi bunday kuchga ega jamoa eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritishni maqsad qilmasligi kerak?

- Yana qaysi o‘zbek bokschilarini yaxshiroq  bilasan?

- Men ko‘pchiligini kuzatib va yaqindan taniy boshladim. Yuqorida aytib o‘tganlarimdan tashqari Samandar Olimov, Isroilov, Ummataliyev, Zokirov, Do‘smatov, Boltayev, Mo‘ydinxo‘jayev,  Jalolov, Jalilov, Arman, professional boksdagi Meliqo‘ziyev va Ahmadaliyevni kuzatib boraman.

- O‘zbek bokschilarining kuchli jihati nimada deb o‘ylaysan?

- Bu fe’l-atvorda! Raqibdan ko‘ra ko‘proq narsani qila olishga qat’iylik bor. Yana takrorlayman, bokschilaringizni oldinga boshlaydigan jihat kuchli xarakter!

- Vatandoshlaring va bizga yaxshi tanish bo‘lgan Billal Bennama hamda Sofiyan Umiyani navbatdagi Olimpiadada ham ko‘rishimiz mumkinmi?

- Bugungi Bilal Bennama uchun 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari juda qiyin variant... Lekin u Parijda boy berilgan oltin medalni xohlaydi. Sofiyan Umiyaga kelsak, u to‘rtinchi bor Olimpiadada ishtirok etish istagini bildirmayapti. To‘g‘risi bu meni hayratda qoldirmoqda. Lekin aslida nima bo‘ladi, hozircha noma’lum.

- Mussa senga omad tilayman va o‘z o‘rnida butunjahon boksi rivojidagi mehnatdan aslo charchamagin!

- Senga ham rahmat. Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchiman-ki, o‘zbek bokschilari bilan uchrashish va ular bilan muloqotda bo‘lish menga juda yoqdi. Ular meni xuddi qozog‘istonlik do‘stlarim kabi kutib olishdi. Xalqingiz juda saxovatli, bu ham ularning kuchi.
Murabbiyingiz To‘lqin Qilichevni 2024 yilgi Olimpiya saralash turnirida birinchi marta Italiyada uchratgandim. U bilan yana ko‘rishganimdan xursand bo‘ldim. Bu safar qisqacha suhbatlashdim. Sog‘lig‘i tufayli muntazam Parijga borayotgan ekan. Unga salomatlik tilayman. Alloh O‘zbekistonni va atrofidagi mamlakatlarni o‘z panohida saqlasin!

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 23:27, 10.03.2026.
O'qildi: 271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.