Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Eden Azar o‘zi birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi nomini aytdi

Eden Azar o‘zi birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi nomini aytdi

Baho:
+ | -

O‘tmishning mashhur futbolchisi Eden Azar o‘zi birga to‘p surgan futbolchilar ichida eng zo‘ri kimligini aytdi.

"Men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi? Karim Benzema. U ham o‘yinlarda, ham mashg‘ulotlarda juda yuqori darajani ko‘rsatardi. Men u bilan maydonga tusharkanman, o‘zimga-o‘zim: «Vau», derdim. U haqiqiy futbol san’atini namoyish etardi — Karim bilan birga o‘ynash ajoyib edi", — deya Azarning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Karim Benzema 2009–2023 yillar davomida "Real" sharafini himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida fransuz 648 ta o‘yin o‘tkazib, 354 ta gol urdi va sheriklariga 156 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda 38 yoshli Benzema "Al-Hilol" klubida to‘p surmoqda.

Eden Azar 32 yoshida professional faoliyatini yakunlagan edi.

Kiritildi: 20:38, 11.03.2026.
O'qildi: 1152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик