Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Arteta: "Biz o‘yinni nazorat qildik va durangga loyiq edik"

Arteta: "Biz o‘yinni nazorat qildik va durangga loyiq edik"

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Leverkuzenning «Bayer» jamoasiga qarshi kechgan o‘yindan (1:1) so‘ng intervyu berdi.

«Kanonirlar» 46-daqiqada gol o‘tkazib yuborishdi va 89-daqiqagacha imkoniyatni boy berib kelishdi. Aynan o‘sha daqiqada Kay Xavers penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

«Biz o‘yin tizginini juda yaxshi nazorat qildik, ammo gol ura olmadik, keyin esa ustunlikni qo‘ldan chiqardik. Raqibga umid berdik va o‘yin butunlay boshqa tomonga burilib ketdi. Biroq so‘nggi 20 yoki 25 daqiqada biz yana yaxshiroq o‘ynay boshladik. Shu sababli, gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qolganimizni haqqoniy natija deb hisoblayman», – dedi Arteta UEFAga bergan intervyusida.

Qarama-qarshilik taqdiri 17 mart kuni «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida hal bo‘ladi.

Kiritildi: 02:01, 12.03.2026.
O'qildi: 228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.